audio
audioduration (s)
0.2
102
transcript
stringlengths
27
962
sharq shoirlari hijron kechasini yaldo tuniga mengzashgan bu tunning mashaqqati va iztirobini esa surayyoning ishqiga mubtalo bo‘lgach angladim uning go‘zal
chehrasi shahlo ko‘zlari meni tinimsiz ta qib etardi yakshanba kunlarini orziqib kutardim mana u sarg‘aygan kitoblarni peshtaxtaga tartib bilan terayotir
men soatlab ularning do‘konidan ko‘z uzmay o‘tirishga hozir edim surayyojon qora tun zulmatini yirtgan porloq quyoshim kunlar o‘tib borardi men esa
surayyo bilan gap lashish uchun bahona qidirar go‘yo shunchaki o‘tkinchi sifatida uning do‘koni yonidan o‘tib qaytar ammo og‘iz ochishga
na jur at na bahona topa olardim quyoshning zarrin nurlarini to‘kib yoz atrofni xazonrezgiga to‘ldirib kuz qordan oppoq poyandoz to‘shab
qish o‘tdi daraxtlar kurtak yozib ko‘klam nafasi yelsa ham menga til bitmadi o‘n to‘qqiz85 yil may oyining oxirlari kollej imtihonlarini ham beshga
topshirgandim yakshanbalarning birida otam bilan savdoga chiqqandik kun issiq bo‘lishiga qaramay savdo ham qizirdi qo‘limiz qo‘limizga tegmasdi shu choq miyyamga
zo‘r fikr keldi ota kun isib ketdi kola ichib kelay sizga ham olib kelaman mayli faqat ehtiyot bo‘l
nimaga ajablandim nima seningcha men ahmoqqa o‘xshaymanmi tushunmadim unutma tohiriy tishtirnog‘iga qadar pushtun millatiga mansub uning uchun ornomus hamma narsadan
ustun ayniqsa so‘z uning oilasi ayoli yoki qizi haqida borganda o‘g‘lim hammasini sezib bilib yuribman mening boshimni egib qo‘ymasang bas
ota xavotir olmang deya oldim xolos tohiriyning kulrang mikroavtobusi oldida qiz bir o‘zi savdo qilayotgandi oyoqyalang etagi uzun oq ko‘ylakda
avvaliga uning do‘koni yonidan g‘izillab o‘tib ketmoqchi edim lekin o‘lay agar qanday qilib uning yonida paydo bo‘lib qolganimni bilmayman salom
dedim qulog‘imgacha qizarib kechirasiz generalsohib yo‘qmidilar salom dedi qiz qo‘lidagi kitobdan bosh ko‘tararkan qo‘ng‘iroq ovozi bilan otam ana vi yoqqa ketdi
qiz bilaguzuklarini jaranglatib qo‘li bilan o‘ng tarafni ko‘rsatdi otangizni ziyorat etgani keluvdim dedim boshqa bahona topolmay mening ismim amir
shunchaki kim kelganini bilishingiz uchun endi men boray bezovta qildim yo‘q yo‘q bemalol dedi qiz tanishganimdan xursandman unda
men bora qolay yana shu gapni takrorladim xudo hofiz bir qadam yurib yana to‘xtadim uzr qanday kitob o‘qiyapsiz nima qilyapman o‘zi nazarimda
hamma yoqda jimlik bozordagi butun afg‘onlarning butun etibori bizga qaratilganday garchi bu yer amerika bo‘lsada atrofni afg‘onlar o‘rab olgan bizda
yigit va qiz o‘rtasidagi munosabat mutlaqo boshqacha baholanadi surayyo beparvolik bilan kitobning muqovasini ko‘rsatdi o‘qiganmisiz yashin
vodiysi men bu asarni o‘qigandim qimtinib bosh irg‘adim ha juda g‘amgin voqea odatda g‘amgin voqealar chiroyli asarlarga asos bo‘ladi dedi surayyo quvlik bilan va qo‘shib
qo‘ydi eshitishimcha siz ham yozib turarkansiz ana xolos u qayerdan eshitdiykin nahot otasi aytgan bo‘lsa otasi so‘ragan bo‘lishi ham aqlga
sig‘maydi biror odobli afg‘on qizi otasidan o‘zi tengi yigit haqida so‘ray olmaydi ha istasangiz hikoyalarimni sizga o‘qishga berishim mumkin
o‘z ovozimni arang tanidim jon derdim jon derdim shu choq uning yonida bir sumka meva ko‘targan ayol paydo bo‘ldi men uni
qayerdadir ko‘rgandim uning yuzlarida tabassum yoyildi amirjon tuzukmisiz men jamilaman surayyoning oyisi otangiz yaxshimilar salom xolajon dedim o‘ng‘aysizlanib rahmat tuzuklar
bobongiz g‘ozi sohib sudya edilar biz ular bilan uzoq qarindosh edik ayol jilmayib qo‘yganida tilla tishlari yaraqlab ketdi keling o‘g‘lim
o‘tiring surayyo qizim akangga stul opkel manavi shaftolilardan yuvib kel shunaqa shirinki asalning o‘zginasi bu tabassum va iltifot mendagi
taraddudni xiyol tarqatib yubordi yo‘q rahmat otam kutyaptilar borishim kerak unda shoshmay turing ayol bir nechta kivi va ikki dona
shaftolini qog‘oz paketga solib qo‘limga tutqazdi otangizga bizdan salom ayting sen kola opkelaman deb ketmaganmiding otam qo‘limdan mevalarni olarkan zimdan termuldi
jin ursin kola opkelaman deb ketganim yodimga tushdi men o‘zimcha nimadir deb g‘udrandim o‘g‘lim faqat boyagi gaplarim esingdan
chiqmasin keyingi olti kun olti oqshom yana men uchun yaldo tunlaridek uzun tuyuldi axir men uni faqatgina yakshanba kunlari ko‘ra olardim
shu taxlit kunlar ketidan haftalab o‘taverdi men qizning yoniga borish uchun generalning qayoqqadir ketishini kutardim jamila xo nimdan hayiqmay qolgandim
u har gal meni ochiq chehra qarshi olar choy va kulcha bilan siylardi ular bilan kobul xotiralari haqida bahslashardik
ana shunday suhbatlarning birida men surayyo bilan yolg‘iz qolgandim gap kasb tanlash masalasiga borib taqaldi surayyo o‘qituvchi bo‘lish istagida ekanini aytdi
bolaligimdan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilaman onam ham kobulda qizlar maktabida fors tilidan saboq berardi men kobulda to‘rtinchi sinfga borayotganimda otam uyimizga
yangi oqsoch qiz topib keldi uning ismi zebo ekan u savodsiz edi ba zan eronda yashovchi opasiga xat yozib berishimni
iltimos qilar opasidan kelgan xatlarni ham menga o‘qitardi bir kuni men unga kel senga o‘qishyozishni o‘rgataman keyin o‘zing istagancha xat yozishing
kitob va gazetalarni o‘qishing mumkin dedim zeboning quvonchdan ko‘zlari charaqlab ketdi har kuni birikki soat u bilan oshxonada o‘tirib
dars qiladigan bo‘ldik bir yil deganda uning savodi to‘liq chiqdi u bolalarga mo‘ljallangan kitoblarni bemalol o‘qiydigan bo‘ldi u meni har gal muallim ceb
ataganida tanim yayrab ketardi bu xitob menga shunday yoqardiki katta bo‘lsam albatta muallim bo‘laman deb ahd qildim
siz meni tushunyapsizmi ha aslida uni tushunishga menga yo‘l bo‘lsin axir men ham hasanga o‘qishyozishni o‘rgatsam bo‘lardiku nega shunday qilmadim
u bunga loyiq emasmidi aksincha men o‘z savodimdan uni mazax qilishda foydalandim uni telba deb kulganimchi yo‘q men borib
turgan ablahman shu choq nimadir esimga tushib sergaklandim esimdan chiqay debdi manavini sizga opkeluvdim cho‘ntagimdan qistirg‘ich bilan biriktirilgan bir dasta varaq
chiqardim va da qilganimdek demak esingizdan chiqmabdida surayyoning ko‘zlarida sevinch uchqunlari porladi ammo zum o‘tmay yuzlaridagi quvonch qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi
orqamda kimningdir sharpasini payqab o‘girildim general tohiriy amirjon seni ko‘rib turganimdan bag‘oyat xursandman ijodlar qalay ketyapti salom general sohib
dedim shoshapisha rahmat men bugun havo juda ajoyib bo‘ldida amirjon generel savdo peshtaxtasi tomon o‘tarkan qizi tomonga qo‘l uzatdi surayyo hozirgi mendan
olgan varaqlarni otasiga berdi lekin haftaning oxiriga borib yomg‘ir yog‘armish general varaqlarni g‘ijimlab burchakda turgan axlat qutisiga irg‘itdi va
yelkamga ohista qo‘l tashladi o‘g‘lim men seni juda yaxshi ko‘raman vijdonli ornomusli yigitsan lekin ba zan sendek yoshlarni ham tartibga
chaqirib turish kerak senga shuni aytib qo‘yishim kerakki biz bozordamiz va hamma bizga qattiq tikilib turibdi bu yerda hamma o‘zicha
ijodkor shunaqa to‘qib bichishadiki tohiriy beozor kulimsiradi otangga salomimni yetkazgin kechqurun otamga hammasini aytib berdim otam bari bir bundan xabar
topardi otam bosh chayqab xo‘rsinib qo‘ya qoldi keyingi haftada otam shamollab qoldi hammasi shamollash va quruq yo‘taldan boshlandi borgan
sari sog‘lig‘i yomonlashaverdi boboning doktor va shifoxonaga avvaldan tobu toqati yo‘q edi biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilib do‘xtirga borganini eslolmayman
oradan bir ikki kun o‘tib uning ortidan yuvinish xonasiga kirgandim chanoqqa qon tupurayotganini ko‘rib yuragim orqaga tortib ketdi ota anchadan beri
shunaqami tushlikka nima qilding so‘radi javoban do‘xtirga bormasangiz bo‘lmaydi sanxosedagi okrug gospitaliga bordik u yerdagi zaxil yuzli vrach
rentgenga jo‘natdi bir oz o‘tib hamshira bizni uning kabinetiga chaqirdi vrach nimalarnidir yozib o‘tirardi biz kirgach bir to‘ldirilgan varaqni uzatarkan ro‘yxatxonaga olib boring
deya buyurdi nima bu so‘radim men pulmonologik klinikaga yo‘llanma otangizning chap o‘pkasida qorayish bor mutaxassis ko‘rigidan o‘tishi kerak
saratonmi negadir bosiqlik bilan so‘radi otam etim jimirlab ketdi bo‘lishi mumkin shifokor yana nimalarnidir yozishga tutindi avval kompyuter tomografiyasidan o‘tkazish
kerak tekshiruvdan o‘tasiz ular ikki haftada telefon qilib aniq tashxisni aytishadi ikki haftaya aytishga oson bu ikki hafta biz uchun qanchalar og‘ir
kechishini bilarmikin na iloj yo‘llanmani tegishli joyga topshirdik o‘sha kuni kechasi bilan otamga shifo berishini yaratgandan so‘rab chiqdim
ikki hafta o‘tdi hamki hech kim telefon qilmadi o‘zim bordim yo‘llanmani yo‘qotishgan ekan yana sarsongarchilik bizni tekshirishi kerak
bo‘lgan doktor asli rossiyalik ekanini eshitgan bobo kirmayman deya to‘polon ko‘tardi uni ko‘ndirishga har qancha urinmay foydasi bo‘lmadi faqat eronlik amoniy degan
pulmonologni topgachgina otam tekshirishga ruxsat berdi doktor amoniy qalin mo‘ylovli sochlariga oq oralagan kishi ekan yangi tekshiruv natijalari chiqqunicha
yana bir hafta kutdik natijalar kutilganidan ham yomon chiqdi doktor umidsiz bosh chayqadi otangizning umrini kimyoviy davolash orqali bir oz cho‘zish mumkin
xolos ammo davolashning imkoni yo‘q tushunarli bosh irg‘adi otam sizga katta rahmat menga hech qanday kimyoviy davolashning zarurati yo‘q
ota amir bobo menga yuzlandi iltimos odamlar oldida meni sharmanda qilma allohning irodasi general tohiriy bashorat qilgan yomg‘ir ikki
hafta kechikkandi biz ko‘chaga chiqqanimizda mashinalar g‘ildiraklari atrofga suvni favvoradek sachratib borardi otam indamay sigaret chekib o‘tirardi uyimiz eshigi oldida
yurak yutib gap boshladim ota balki kimyoviy davolash o‘g‘lim bilasan men bitta gapiraman yigirma ikki ga to‘lding katta erkak bo‘p qolding men
buni allaqachon bilganman bari bir senga aytishim kerak edi sendan iltimos hech kimga og‘iz ochma shovshuv ko‘tarishni odamlarning
menga rahmi kelishini istamayman nima ham qila olardim kunlar yana o‘z oqimida oqa boshladi bobom hech narsa bo‘lmagandek mol yiqqani
men bilan shaharmashahar kezar bozorga qatnardi bu kunlar bizni muqarrar va mudhish haqiqatga tobora yaqinlashtirib borardi borabora shanba kunlari mol yig‘ishga
o‘zim chiqadigan bo‘p qoldim otam faqat men bilan bozorga chiqar tanishbilishlar otamni kundankunga ozib borayotganini ko‘rib parhez yaxshi naf beryaptimi deb
qo‘yishardi kun sayin sho‘rlikning chakkalari tortishib terisi osilib rangi sarg‘ayib cho‘pdek ozib borardi sovuq kunlarning birida otam og‘irlashib qoldi
otamning boshiga yetib kelganimda oyoqqo‘llarini tipirchilatib yotardi bir zumda atrofimizni odamlar o‘rab olishdi otam bezgak tutgandek tinimsiz qaltirardi og‘zidan
qon aralash ko‘pik kela boshlagandi chinqirgancha tez yordam mashinasi yetib keldi o‘sha oqshom otamning boshida o‘tirib tong ottirdim ertasi kuni gospital
qabulxonasi tanish notanish afg‘onlarga to‘lib ketdi ular birmabir palataga kirib otamning ahvolini so‘rab ketishardi otam ancha o‘ziga kelib qolgandi tushga yaqin
tohiriy xotini va qizi bilan kirib keldi surayyo bilan nigohlarimiz bir lahzagina to‘qnashib ketdi sizga nima bo‘ldi birodar so‘radi
general otamning qo‘lini ehtiyotkorlik bilan siqarkan sizni ovora qilib qo‘yganimdan xijolatdaman kapelnitsaga ko‘z qirini tashlab siniq jilmaydi otam kelib ko‘nglimni
shod etdingizlar qo‘ysangizchi birodar general menga o‘girildi amirjon o‘g‘lim agar nima kerak bo‘lib qolsa bizga aytarsan uning ovozidagi otalarcha g‘am
xo‘rlik ohangidan ko‘nglim ezilib ketdi tomog‘imga nimadir kelib tiqildi ko‘z yoshimni ularga sezdirmaslik uchun qabulxonaga chiqib ketdim ko‘p o‘tmay eshik ohista
ochilib surayyo paydo bo‘ldi egnida kulrang sviter jinsi shim sochlari yelkasi bilan bitta qilib yoyilgan o qaniydi hozir uning qucho
g‘iga singib ketolsam amir juda taassufdamiz dedi u shirin ovozda biz otangning tobi yo‘qligini bilgandik ammo bunaqa kasalligini otam hech kim
bilmasin degandi sizga hech narsa kerakmasmi yo‘q dedim jilmayishga urinib u mening qo‘llarimdan tutdi butun badanim bo‘ylab samoviy harorat yoyildi
surayyo siz bora qoling yana tunov kungidek otangiz kelib qolmasin kelganingizdan qanchalik xursand ekanimni tasavvur ham etolmaysiz ikki kun o‘tib
otamga ruxsat berishdi har qancha ko‘ndirishga urinmay otam kimyoviy da volash kurslariga rozi bo‘lmadi uni o‘zi sovg‘a qilgan ford mashinamda
olib ketdim o‘sha kuni divanda bir bog‘ o‘tindek quruqshab qolgan otamning yonida o‘tirib ovqatlantirdim ota ayting yana nima qilay
hech narsa kerakmas bolam balki senga biror nima kerakdir otamning cho‘kib qolgan ko‘zlarida tanish ayyorona ifoda porladi ota agar yo‘q demasangiz
generalning qizini so‘rab ko‘rasizmi boboning yuzlarida anchadan beri ko‘rilmagan tabassum jonlandi o‘g‘lim qaroring qat iymi qat iy ota telefonni olib ber
otam zarur raqamni terib go‘shakni qulog‘iga tutdi assalomu alaykum jamila xonim tuzukmisiz rahmat shukur general sohib uydamilar rahmat oradagi
so‘zsizlik ichida otam menga qiyo boqib ko‘z qisdi assalomu alaykum general sohib rahmat tuzukman ertaga bir yumush bilan xonadoningizga borsam
qabul qilasizlarmi degandim labbay soat o‘n birlarda tashakkur xudo hofiz otam dastakni ilarkan daf atan menga qarab baralla kulib yubordi
ertasi kuni otamning ohorli joyravi kiyimlarini kiyishga yordamlashdim bir paytlar uning miqti gavdasidan to‘lib turadigan kostyumi endi xuddi xodaga ilingandek
shalpayib qopti general oilasi bilan frimontdagi afg‘on mahallalaridan birida yashardi mashinada otamni uning uyi yonigacha olib bordim uyda bo‘p tur
dedi otam mashinadan tusharkan bir soatlarda senga o‘zim telefon qilaman mana kuzatib turibman otam ishonchsiz qadam bilan generalning xonadoniga
kirib borayotir o‘zining so‘nggi otalik burchini bajo etish uchun uyimiz qanchalik torligini o‘shanda bildim vaqt o‘tishi muncha qiyin bo‘lmasa oshxonaga chiqaman
uyga kiraman nega otam qo‘ng‘iroq qilmayapti general rad etsachi balki men unga yoqmasman telefon jiringlashi bilan tahlika ichida go‘shakka yopishdim
general rozi otamning bu gapidan turgan yerimda sakrab tushayozdim lekin surayyo sen bilan gaplashib olmoqchi u hozir xonasida bir muddat jimlikdan
so‘ng go‘shakdan surayyoning tiniq ovozi yangradi amir salom otam rozi bo‘ldilar eshitdim surayyo meni bir og‘iz so‘zing bilan baxtli eta olasan
uni ilk bora sensirashim edi faqat bilasanmi senga bir muhim gapni aytmoqchiman hozirning o‘zida qulog‘im senda sen hali
men haqimda ko‘p narsani bilmaysan oramizda biror mavhumlik bo‘lishini istamasdim oraga bir oz jimlik cho‘kdi biz avval virjiniyada yashaganmiz men
o‘shanda bir8 yoshda edim bir afg‘on yigit bilan uydan qochib ketganman u esa qipqizil giyohvand bo‘lib chiqdi u bilan bir oycha
birga yashadim virjiniyadagi hamma afg‘onlar tilidan tushmay qolgandik otam oxiri bizni qidirib keldi va sudragudek qilib meni uyga opketdi
men o‘shanda unga baqirdim chaqirdim dunyoni boshimga ko‘tarib yig‘ladim telefon jimib qoldi aloqa uzildimikin deb o‘ylagandim yo‘q u yig‘layotgan ekan
README.md exists but content is empty. Use the Edit dataset card button to edit it.
Downloads last month
0
Edit dataset card